Skip to main content

Sterillash to‘g‘risidagi afsonalar

 —  Foydali materiallar

Internetda topish mumkin bo‘lgan ko‘p sonli maqolalarga ko‘ra, har yili millionlab it va mushuk, shu jumladan kuchuk va mushuk bolalar uxlatib o‘ldiriladi. Uy hayvonining mas’uliyatli egasi vaziyatni o‘zgartirishga yordam berishi mumkinligi yaxshi yangilik hisoblanadi. Siz it yoki mushugingizni sterillab, istalmagan kuchukchalar va mushuk bolalari tug‘ilishining oldini olishingiz mumkin. Sterillash va bichish istalmagan avlodni dunyoga keltirmaslik, sog‘liq bilan bog‘liq jiddiy muammolardan himoyalanish va juftlashish instinkti bilan bog‘liq ko‘plab xulq-atvor muammolarini kamaytirishga yordam beradi.

Sterillash – bu ham erkak, ham urg‘ochi jinsli uy hayvonlari uchun foydalaniladigan atama.

Sterillash istalmagan ko‘p tug‘ilishlar oldini oladi. Agar it bichilmasa, avlod 6 yildan keyin umumiy hisobda 67 000 kuchukchani dunyoga keltirishi mumkin. Bu faqat itda mavsum bo‘lganda yilda ikki marta bolalashga 6 ta kuchukcha hisobidan hisoblangan.

dogs multiply pyramid 300x287 1

Mushuklar uchun bu raqam kattaroq, chunki mushuklar bir yilda uch marta bolalaydi va 8 yil ichida 2 milliondan ortiq mushukchani dunyoga keltirishi mumkin. Bunda oqil bo‘lish uchun hech qanday shavqatsizlik yo‘q. Va agar mushugingiz yoki kuchugingiz tug‘ishi uchun juda jiddiy sabab bo‘lmasa, uni bichish (axtalash) yaxshi va oqilona qaror bo‘ladi.

cats multiply pyramid

Sterillash va bichish to‘g‘risidagi eng keng tarqalgan mashhur afsonalarni ko‘rib chiqamiz:

1. STERILLASHDAN OLDIN URG‘OCHI HAYVON BIR MARTA BO‘LSA HAM TUQQAN BO‘LISHI SHART

Yo‘q, shart emas. Hatto aksincha — agar mushuk va kuchuk jinsiy yetilgunicha sterillansa, hayvon sog‘lig‘i bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga uchramaydi. Mutaxassislar sterillash va bichishni birinchi kuyikishgacha yoki erkak hayvon bir yoshga to‘lguncha o‘tkazishni tavsiya etadilar. Urg‘ochilarni 6 oylik yoshigacha bichish sut bezining zararli shishlari hosil bo‘lish xavfini 91% ga, 12 oylikkacha bo‘lgan yoshida bichish esa – 86% ga qisqartiradi.

Bo‘g‘ozlik va tug‘ishlar urg‘ochi hayvonning sog‘lig‘i uchun jiddiy yuklanish bo‘ladi: ular gormonlarning ko‘tarilib-tushishiga olib keladi va organizm ozib-to‘zadi. Shuningdek erkak va urg‘ochi hayvondan avlodlariga yuqumli va genetik kasalliklar o‘tishi mumkin. Sterillash tufayli mushuklar va kuchuklar ancha baxtli, uzoq va sog‘lom hayot kechirishlari mumkin bo‘ladi.

2. OPERATSIYADAN KEYINGI DAVR JUDA DAVOMLI

Operatsiyadan keyingi tiklanish hayvonning o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq holda 7 dan 12 kungacha vaqtni oladi, erkak hayvonlar bichish operatsiyasidan keyin urg‘ochilarga nisbatan o‘zlarini ancha tezroq tiklab oladilar. Operatsiyadan keyin darhol hayvonni baland yuzaga joylashtirmaslik kerak, chunki u yiqilib tushishi mumkin. Keyin sizga hayvon operatsiya choklarini yalamasligi uchun uni parvarishlash va nazorat qilib turishga to‘g‘ri keladi. Bunda maxsus poponalar va yelizavetin (veterinar) yoqalari sizga yordam beradi.

3. HOMILADORLIKDAN SAQLASH VOSITALARINING O‘ZI BILANGINA CHEKLANISH MUMKIN

Hayvonlarning ba’zi egalari ularga bo‘g‘ozlik boshlanishining oldini oladigan gormonal kontraseptivlarni beradilar. Ular uchun uy hayvonini operatsiyaga olib borgandan ko‘ra maxsus tomchilardan foydalanish oson va arzonroq ko‘rinadi. Bu juda xavfli yanglish fikr: gormonal vositalar hayvon sog‘lig‘iga zarar yetkazadi — ular gormonal fonni o‘zgartiradi, odatda, gormonga bog‘liq shishlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Buning ustiga tomchilarni hayvonning butun umri davomida muntazam berib turishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu hayotda bir marta qilinadigan sterillashdan farqli o‘laroq, vaqtinchalik yechim hisoblanadi.

4. PROTSEDURADAN KEYIN HAYVON VAZN ORTTIRADI

Agar hayvonning oziqlanishi kuzatib borilsa va veterinar mutaxassis yordamida unga balanslashgan ratsion tanlansa – yo‘q, u vazn orttirmaydi. Va shuni unutmangki, hayvon sterillangan bo‘lsin yoki bo‘lmasin, unga jismoniy yuklanishlar zarur.

5. OPERATSIYADAN KEYIN HAYVON DANGASA BO‘LIB QOLADI

Agar Siz uydagi hayvoningiz sog‘lig‘ini e’tibor bilan kuzatib borsangiz va u bilan muntazam o‘ynab tursangiz, uning xulq-atvorida operatsiyadan keyin hech narsa o‘zgarmasligi zarur. Muolajadan keyin hayvonning mijozi (temperamenti) o‘zgarmaydi.

6. NIMA UCHUN STERILLASH KERAK? BIZ KUCHUKCHALAR VA MUSHUKCHALAR UCHUN UY TOPAMIZ

Agar uy hayvoni zotdor bo‘lsa, mushukchalar va kuchukchalar uchun yangi egalarni topish uncha qiyin bo‘lmaydi. Lekin, ko‘pincha hayvonlar uchun yangi egalarni izlash muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin. Mushuklar yiliga uch marta tug‘ishi mumkin, va tug‘ishlarda kamdan-kam hollarda kamida uchta mushukcha tug‘iladi. Kuchuklar bir martada 5-6 tadan kuchukcha tug‘adi. Siz haqiqatan ham bir yilda bir necha marta yangi tug‘ilgan kuchukcha va mushukchalarni mehribon qo‘llarga berishga tayyormisiz?

7. BU AXIR TABIATGA QARSHIKU!

Avvalo, yovvoyi tabiatda hayvonlar organizmiga hech qanday aralashuvlar: emlashlar, parazitlarga qarshi ishlov berishlar, balanslashgan oziqlanishlar, hayvonlar hayotini qutqaradigan murakkab operatsiyalar umuman bo‘lmasligidan boshlaymiz. Tabiatda jarohatlari bilan o‘zi mustaqil kurasha oladigan va o‘ziga ovqat topa oladigan eng kuchli va bardoshli hayvonlar yashab qoladi, lekin hatto ularning ham hayot davomiyligi uncha katta bo‘lmaydi. Uy hayvonlari esa butkul boshqa sharoitlarda yashaydilar.

8. HAYVONNING XARAKTERI YOMON TOMONGA O‘ZGARADI

Hayvoningizning xarakteri ayni kuyikish yoki jinsiy yetilish va qo‘shilish uchun juftini izlash vaqtida buziladi. Bu davrda mushuklar ham, itlar ham qayer to‘g‘ri kelsa shu yerda hojatlarini chiqarishlari, mebelga, gilam va poyafzalga zarar yetkazishi mumkin. Bunday xulq-atvorning oldini olish va hayvoningizni o‘z vaqtida bichish ma’qulroqdir.

Har qanday holda ham qaror qabul qilishdan oldin o‘z veterinar vrachingiz bilan albatta maslahatlashing. Mutaxassis zarur tahlillarni qiladi, sizning uy hayvoningiz uchun maqbul bo‘lgan operativ aralashuv variantini tanlab beradi, hayvonni muolajaga va operatsiyadan keyingi tiklanishga tayyorlash to‘g‘risida so‘zlab beradi.

“Sterillash — uysiz hayvonlar sonini qisqartirishning yagona insonparvar usuli. Biz bu haqida imkon qadar ko‘proq odam bilishi zarur deb hisoblaymiz. Shunda biz umumiy kuch-g‘ayratimiz bilan muammoni tezroq va samaraliroq hal qila olamiz”.