Siz hayvonlar uchun boshpanada saqlanayotgan hayvonni turli parametrlari bo‘yicha, shuningdek Sizning hayot tarzingizga mos tarzda tanlab olishingiz mumkin. Saytdagi katalogimizdan foydalaning, hayvonning yoshi, uning o‘lchamlari, mijozi (teiperamenti) va hokazolarni ko‘ring. Bundan tashqari, u yerdagi hayvonni shunchaki surati bo‘yicha tanlash mumkin.
Bizning markazimiz bazasida barcha yoshdagi hayvonlar bo‘lishi mumkin. Agar sizga kerakli yoshdagi hayvon ayni vaqtda markazda bo‘lmasa, bizning Facebook dagi guruhimizga qo‘shiling, u yerda tez-tez axborot e’lon qilib boriladi yoki keyinroq yana saytimizga kirib ko‘ring.