Skip to main content

Terra Vita ga Bolgariyadan mehmon tashrif buyurdi

 —  Yangiliklar

Petko Georgiyev — Bolgariyada joylashgan ProMedia — ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish markazi direktori.

Petko Samarqandga bizning markazimizga axborot yordami bo‘yicha @samcity.uz loyihasiga kuratorlik doirasida tashrif buyurdi va albatta markazimizda yashayotgan hayvonlar bilan tanishishni istadi.

Uning uchun hayvonlarni vaqtincha saqlash markazimiz bo‘ylab sayohat o‘tkazdik, u hayvonlarni mehmon qilish uchun yeguliklar olib keldi, shuningdek hayvonlarga yordam beradigan jahon tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha ko‘plab qiziqarli g‘oyalarni bildirdi. Qo‘lidan kelgancha yordam berishga va’da qildi. Biz Samarqandda uysiz hayvonlar muammosiga e’tibor berilayotgani va yordam ko‘rsatilayotganidan juda minnatdormiz. Katta rahmat.