Skip to main content

Tez-tez beriladigan savollar

Bizning markazimizga yordam

  • Pulsiz xayriya. Qanday qilib yordam berishim mumkin?

    Hayvonni vaqtincha saqlab turishga olish mumkin, yig‘ishtirish va hayvonlarni sayrga olib chiqishda yordam berish va hokazo, tashish ishlarida yordam ko‘rsatish, sayt va ijtimoiy tarmoqlarda piarlarda yordam berish, ta’minot (em, to‘ldiruvchilar, amunitsiya va boshqalar) bilan yordam berish mumkin.
  • Moliyaviy yordam bermoqchiman. Buni qanday qilish mumkin?

    Saytning “Markazni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limida to‘liq axborot, barcha rekvizitlar va berilishi mumkin bo‘lgan yordam usullari mavjud. Biz yordamdan har doim xursandmiz va hamkorlik qilishga tayyormiz.

  • Boshqa yordam

    Bizga: dizaynerlar; illyustratorlar; kopirayterlar; tarjimonlar; bolalar animatorlari; dekoratorlar; fotograf va videograflar; kinologlar, felinologlar, zoopsixologlar; bolalar ta’lim dasturlarining pedagoglari, psixologlari va metodistlarining yordami har doim zarur.

Volontyorlik

  • Qanday qilib volontyor bo‘lish mumkin?

    Hayvonlarni sevish zarur, yoshi kamida 18 yosh va haftada hech bo‘lmaganda bir marta kelishga tayyor bo‘lish kerak. Volontyorning majburiyatlariga hayvon uchun to‘g‘ri keladigan uy izlash, uni sayr qilishga olib chiqish va jamiyatga, odamlarga o‘rgatish kiradi. Agar sizda hech qachon hayvonlar bilan ishlash tajribasi bo‘lmagan bo‘lsa, bu qo‘rqinchli emas, biz hammasini o‘rgatamiz. Volontyorlik haqida telegramda batafsil so‘zlab beramiz.

    Shuningdek volontyorlar volontyorlikning asosiy vazifalari, maqsadlari va turlari haqida so‘zlab bergan videoni ko‘rishni tavsiya etamiz.

  • Men hayvonlar bilan shunchaki sayr qilish uchun kelishim mumkinmi?

    Hali markazimizdan kuchukcha olishni istayaptimi yoki yo‘qmi, bunga qaror qilmaganlar va bizga yordam bermoqchi, lekin buni qanday qilishni bilmayotganlar uchun bizda DogDate – markazimizdagi kuchuklar bilan sayr qilish imkoniyati bor. Sayrga yozilish uchun bizga telegrammga yozing.


Hayvonni tanlash bo‘yicha savollar

  • Hayvonni qanday tanlash kerak?

    Siz hayvonni turli parametrlari bo‘yicha, shuningdek Sizning hayot tarzingizga mos ravishda tanlashingiz mumkin. Saytdagi katalogimizdan foydalaning, uyingizga olmoqchi bo‘lgan hayvonning yoshi, uning o‘lchamlari, mijozi (temperamenti) va hokazolarni ko‘ring. Bundan tashqari, hayvonni oddiygina fotosurati bo‘yicha ham tanlash mumkin.

  • Men kuchukcha/mushukcha olishni xohlayman, lekin saytda topa olmayapman. Nima qilish kerak?

    Bizning markazimiz bazasida barcha yoshdagi hayvonlar bo‘lishi mumkin. Saytdagi katalogimizdan foydalaning. Agar ayni vaqtda sizga to‘g‘ri keladigan yoshdagi uy hayvoni bo‘lmasa, bizning Facebook dagi guruhimizga yoziling, u yerda tez-tez axborot e’lon qilib boriladi yoki keyinroq yana saytga kirib ko‘ring.


Hayvonlarning bo‘lg‘usi egalariga

  • Markazdan uy hayvonini qanday olish mumkin?

    Siz va oilangizga qanday hayvon bilan qulay bo‘lishi haqida oldindan yaxshilab o‘ylang: faol yoki yuvosh, u bolalar yoki uydagi bor uy hayvonlari bilan chiqishib ketishi kerakmi. Itlar va mushuklar katologidan bitta yoki bir nechta hayvonni tanlang va kurator bilan bog‘laning.

    Tanishish – hayvonni uyga joylashtirishning majburiy bosqichi. Bo‘lg‘usi uy hayvoni bilan do‘stona aloqalarni o‘rnatish uchun shaxsiy uchrashuvlar bir nechta bo‘lishi kerak – axir hayvonlar boshlanishida juda ehtiyotkor va qo‘rqadigan bo‘ladi. Uchrashuvlar vaqtida kurator aniqlashtiruvchi savollarni beradi va siz ham undan sizni xavotirga solayotgan barcha narsalar to‘g‘risida so‘rab olishingiz mumkin. 

    Hayvon bilan uchrashuvdan so‘ng o‘z tanlovingiz haqida o‘ylab ko‘ring, uxlab turing va boshingiz boshqa muammolar bilan chalg‘imasidan, his-hayajonlarsiz qaror qabul qiling. Agar siz bizning mushugimiz yoki itimizni yaxshi ko‘rib qolgan bo‘lsangiz ham, o‘ylab, fikrlab ko‘rish uchun bir necha kun ajrating.

  • Markazda zotdor hayvonlar bormi?

    Markazimizdagi barcha hayvonlar asosan zotdor emas. Ammo juda kam bo‘lsa ham, ba’zan zotdor hayvonlar ham uchrab turadi. Lekin do‘st va oila a’zosini tanlashda tashqi o‘lchamlar yoki moda ta’siriga tayanmaslik zarur. Birinchi navbatda xulq-atvori, xarakteri to‘g‘ri keladigan va sadoqatli do‘stni topish ancha muhimroq.

  • Markazdagi hayvonlar sterillangan va emlanganmi?

    Ha, barcha hayvonlar majburiy tartibda sterillanadi. Hayvonlar har yili qutirish va viruslar to‘plamidan majburiy tarzda emlanadi. Volontyor har bir hayvonning emlanganligi tasdiqlangan pasportiga ega bo‘ladi va uni vasiyligi ostidagi hayvon bilan birga uning yangi egasiga beradi.


Sizda yana savollar qoldimi?