Markazimizning paydo bo‘lish
tarixi birgina odam ham ko‘p
narsani o‘zgartirishi mumkinligini isbotlaydi...
Katta yurakning kichik tarixi
Bizning Samarqand shahridagi Terra Vita Uysiz hayvonlarni vaqtincha saqlash markazimizga – qiyin ahvolga tushib qolgan mushuk va kuchuklar o‘z uylarini topadigan joyga xush kelibsiz. Biz – yuragi mehr va g‘amxo‘rlikka to‘la bo‘lgan, bizga tushib qolgan har bir momiq va ishonchli do‘stimizning yaxshi yashashi uchun sadoqat bilan mehnat qiladigan komandamiz. Markaz bizning ishimizga befarq bo‘lmagan odamlarning mablag‘lari hisobiga va volontyorlarning yordamida faoliyat ko‘rsatadi.
Bu yerda bizning vasiyligimizda bo‘lganlar nafaqat boshpana va ovqat, balki cheksiz e’tibor, erkalash va tushunish topadilar. Bizning makonga tushib qolgan har bir hayvon nafaqat vaqtinchalik boshpana topishiga, balki uni mehr bilan kutayotgan uyda yangi, baxtli hayot kechirish imkoniga ega bo‘lishiga harakat qilamiz.
Hammasi 17 yoshli qizning iti yo‘qolib qolishidan boshlandi. Qidiruvlar uni hayvonlarni tutish shahar xizmatiga olib keldi, bu 2016-yilda bo‘lgan edi. Taassufki, u o‘zining itini topa olmadi, lekin boshqa itlarni – och va kasal itlar, loyga botgan kuchukchalarni topdi...
U Facebook da bu haqida post yozdi va keyin hayvonlarni ovqatlantirish va ulardan keyin yig‘ishtirishga tayyor befarq bo‘lmagan odamlardan va hayvonlarni butkul bepul davolagan veterinarlardan iborat butun bir guruh to‘plandi.
Hayvonlarni yaxshi qo‘llarga topshirish ishlari juda sekinlik bilan ketdi va itlar borgan sari ko‘paya boshladi. Endi ular veterinariya stansiyasi hududiga sig‘may qoldi. Bizga boshqa joyga ko‘chib o‘tishimiz va hayvonlarni tarqatib yuborish uchun bir oy muddat berishdi.
Va bu bir oy ichida volontyor ayollardan biri yer sotib oldi, ikkinchisi esa qurilgan binoning katta qismi uchun to‘lov qildi. Ta’mirlash ishlariga zarur summaning yarmini esa yana Internet orqali to‘pladik, Samarqandimizda marhamatli insonlar kam emasligiga yana bir bora amin bo‘ldik.
“Bizda issiq, shinam va do‘stona vaziyat – bu yerda har bir hayvon nafaqat boshpana topadi, balki o‘zining yangi oila tomon yo‘lida qo‘llab-quvvatlanadi”